Vebinar mamlakatimizning, xususan, Toshkent viloyatidagi tibbiyot turizmi vakillari uchun TSMRI Biznes va menejment maktabi direktori Asghar Mehmud Sufyan tomonidan olib borildi.
Vebinarning maqsadi:
• Tibbiyot biznesida o‘ziga xoslikni shakllantirishda marketingning ta’sirini tahlil qilish.
• Raqobat ustunligini yaratishda narx belgilash va rag‘batlantirishning rolini tahlil qilish.
• Mijozlarning ehtiyojlari va marketing tendensiyalarini hisobga olgan holda tibbiyot maskanlarini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun asosiy strategiyalarni aniqlash.
Faol bilim va tajriba almashish orqali ishtirokchilar tibbiyot sohasidagi bizneslarini dinamik muhitda muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun vositalar bilan tanishishdi.
Ta’kidlsh joizki, navbatdagi vebinar “Tibbiyot turizmida brending: strategiyalar va amaliyotlar” mavzusida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Roʻyxatdan oʻtish tafsilotlari va vaqtlari tez orada eʼlon qilinadi.