TSMRI vakillari talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivalida qatnashdilar

23.05.2024

Joriy yilning 23-may kuni poytaxtimizdagi “Navro‘z” istirohat bog‘ida "Bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida "Talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivali, milliy va etno sport turlarining ko‘rgazmali chiqishi" nomli festival o‘tkazildi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda TSMRI Biznes va turizmni rivojlantirish markazi xodimlari gastronomik va pazandachilik festivalida o‘z namoyishlari bilan faol qatnashdilar.

TSMRI vakillari Toshkent viloyatining Parkent, Bo'stonliq, Ohangaron tumanlari hamda Angren shahriga xos jihatlar, hudud madaniyati, urf-odatlari hamda taomlari aks etgan ko‘rgazmali chiqishlarni namoyish etishdi.

Tavsiya