Joriy yilning 26-mart kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Turizm va mehmondo'stlik maktabi o'qituvchilari, Biznes va turizmni rivojlantirish markazi mutaxassislari hamda institutning turizm yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar Toshkent viloyati Bo'stonliq tumaniga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Bo'stonliq turizm va servis kollejida turizm yo'nalishlarini rivojlantirish va jamoatchilikni jalb qilish mavzusida trening tashkil etildi. Unda TSMRI o'qituvchi-mutaxassislari tomonidan turizm rivoji yo'lida dolzarb masalalar sanab o'tilib ushbu soha rivoji uchun yetarlicha shart-sharoit borligi qayd etildi. Tinglovchilar bilan fikr almashilib qiziqarli takliflar bildirildi.
Bundan tashqari TSMRI talabalari G'azalkent shahrining mahalliy aholi vakillari bilan muloqoti jarayonida tumanning turizm salohiyati va rivoji yo'lida zarur bo'lgan fikrlarni so'rovnoma orqali o'rganib chiqdi. Shuningdek, talabalar so'rovnoma asosida ilmiy tadqiqot olib borib turizm sohasining yanada rivojlanishida o'z hissalarini qo'shishga kelishib olishdi.