Joriy yilning 15-mart kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida Global Swiss Learning vakillari bilan samarali uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu uchrashuv ta'lim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun zamin yaratdi. Muhokamalarning asosiy yo'nalishlari, jumladan, almashinuv ta'lim dasturlarini ilgari surish, qo'shma o'quv dasturlarini ishlab chiqish hamda hamkorlikning potensial sohalarini o'rganish kabi yo'nalishlarga asosiy e'tibor qaratildi.
Ta'kidlash joizki, ikki tomon talabalarga xalqaro ta'limdan kengroq foydalanish imkoniyatini yaratish, ta'lim sohasida innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash hamda hamkorlikning kelajakdagi istiqbollari muhimligini qayd etdi.