Joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti jamoasi Toshkent viloyati Parkent tumani Zarkent qishlog'ida tashkil etilgan "Somsa sayli" festivalida ishtirok etdi.
Mazkur festival viloyatning madaniy hayotidagi muhim voqea bo'lib, nafaqat mahalliy aholini balki xorijiy sayyohlarni ham e'tiborini tortdi. "Somsa sayli" festivali O'zbekiston madaniy merosi boyligining yorqin namoyondasi bo'lib, uning asosini an'anaviy o'zbek oshxonasi tashkil etadi. Ular orasida mazali va mashhur taom bo'lmish somsa alohida o'rin tutadi. Ushbu festival turli mamlakatlardan minglab mehmonlarni o'ziga jalb qilib, qiziqarli madaniy almashinuv muhitiga chorlaydi.
Institut jamoasining ushbu festivalga tashrifi xalqaro biznes va madaniyatning turli jihatlarini tushunish va o'rganishga bo'lgan intilishlaridan bir qismi ekanligini anglatadi. Turli madaniyatlar va mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlik va fikr almashinuvi zamonaviy jahon hamjamiyatining rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. "Somsa sayli" festivali esa bu borada muhim qadam bo'ldi.