Joriy yilning 18-mart kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Turizm va mehmondo'stlik maktabi o'qituvchilari va Biznes va turizmni rivojlantirish innovatsion markazi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida joylashgan "Archazor" tog' dam olish maskanida tuman turizm va mehmondo'stlik mutaxassislari uchun malaka oshirish seminar-treningi o'tkazildi.
Trening F&B yo'nalishida yuqori malakali xorijiy ekspert Yahya Halawani ishtirokida bo'lib o'tdi. Treningda restoran ishi va ushbu sohadagi talablar va zamonaviy trendlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan seminar-trening orqali malaka oshirish amaliyotda samarali ish yuritishga turtki bo'lishi yuqori baholandi.