“HOTEL BUSINESS FORUM-2024”: mehmondo‘stlik yo‘nalishida kadrlar tayyorlash

01.03.2024

Joriy yilning 1-mart kuni AQSh, Rossiya, Yevropa, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyodan mehmonxona biznesi, turizm va unga aloqador sohalar bo‘yicha 400 dan ortiq yetakchi mutaxassislarini o‘zida jamlagan “HOTEL BUSINESS FORUM-2024” xalqaro forumining ikkinchi kuni yakunlandi.

“Kadrlarga investitsiya: mehmondo‘stlik sohasini rivojlantirish katalizatori” mavzusidagi uchinchi sessiyada mutaxassislar turizm va mehmondoʻstlik sohasida kadrlar tayyorlash, texnologik innovatsiyalar va mehmonxona biznesidagi raqamli transformatsiya masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, hamkor kompaniyalarning yangi texnologiyalari, xizmatlari va mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib unda TSMRI ham o‘z taqdimotini namoyish etdi.

Ta’kidlash joizki, kadrlar resurslariga sarmoya kiritib, mamlakatimizning turizm sohasini rivojlantirish yo‘lidagi faol sa’y-harakatlar bilan kelgusi yillarda yanada katta yutuqlarga erishish munkinligi qayd etildi.

Tavsiya