Toshkent viloyati turizm vakillari hamda talabalari uchun o'quv amaliy treningi

29.09.2026

2026 yil 29 sentyabr kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti huzuridagi Biznes va turizmni rivojlantirish innovatsion markazi xodimlari tomonidan Parkent tumanida turizm sohasi vakillari uchun «Turizmda sunʼiy intellekt» mavzusida qisqa muddatli amaliy trening o‘tkazildi.

Trening davomida ishtirokchilarga turizm sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, turistik mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilishda AI vositalarini qo‘llash, marketing va SMM jarayonlarini avtomatlashtirish, kreativ kontent yaratish hamda turistlar bilan muloqot sifatini oshirish imkoniyatlari bo‘yicha amaliy maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga sunʼiy intellektdan foydalangan holda turistik yo‘nalishlar va xizmatlar uchun reklama materiallari, matnli va vizual kontent yaratish, maqsadli auditoriyani aniqlash, mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish hamda turistik obyektlarning raqamli targ‘ibotini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Treningning asosiy maqsadi — Parkent tumanida turizm faoliyatini zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish, turizm sohasi vakillarining sunʼiy intellektdan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda turistik xizmatlarning raqamli marketing imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Mazkur trening innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish va turistik mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish orqali hududda turizm sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

Tavsiya