Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan “Oltin bel” zamonaviy turizm maskanini qurilish jarayoni bilan tanishish.

09.09.2026

Joriy yilning 30-aprel kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori boshchiligida institutning turizm sohasi vakillari bilan birgalikda Toshkent viloyati Parkent tumanida 3500 gektar yer maydonida joylashgan “Oltin bel” zamonaviy turizm maskanini qurilish jarayoni bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi. Qurilishning asosiy homiysi hisoblangan Sanoat qurilish banki tomonidan yangi zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘plab turizm inshootlari va ularda yaratiladigan qulayliklar bilan avval loyihada so‘ngra obyektlarga birma-bir kirib tanishib chiqildi.

Ushbu obyektning birinchi bosqichi 2026-yilning avgust oyida nihoyasiga yetadi. Qolgan qurilish majmualari esa bosqichma-bosqich davom ettirilib 2030-yilda to‘liq nihoyasiga yetkazilib Markaziy Osiyoda eng katta va yagona turizm maskaniga aylantiriladi. Ushbu turizm obyektlarida jami 3500 dan ortiq yangi ish o‘rini yaratilishi shu sohada bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yoshlarga o‘z sohalarida faoliyat yuritish imkonini yaratadi.

Mazkur betakror turizm obyektlari ishga tushirilishi asnosida tabiiyki yangi ish joylariga yoshlarni tayyorlash va ularni bilim va ko‘nikmalarini oshirishga ehtiyoj tug‘iladi. Shundan kelib chiqqan holda TSMRIning professor va o‘qituvchilari imkoniyatlaridan foydalanish va ularga yetarlicha sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘plab masalalarga oydinlik kiritilib aniq rejalar kelishib olindi. Obyektda yoshlarni o‘qitish va malakasini oshirish ishlari 2026-yilning may oyida boshlanadi.

Tavsiya