"Ekskursiya faoliyati: Ta'lim, fan va amaliyot simbiozi" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

22.02.2024

Joriy yilning 22-fevral kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida "Ekskursiya faoliyati: Ta'lim, fan va amaliyot simbiozi" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Ilmiy-amaliy konferensiya va davra suhbatlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad ilmiy-ma’rifiy jamoatchilik va turizm sohasi vakillarining ekskursiya faoliyati uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ushbu tizimni takomillashtirish, shuningdek, bu boradagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Konferensiyada to'g'ridan-to'g'ri muloqot va turizm sanoatining muhim yo'nalishlaridan biri - ekskursiya faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari va istiqbollari muhokama qilindi.

Ta'kidlash joizki, ekskursiya detallarini takomillashtirish, shuningdek, xorijiy va mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, turistlar oqimini ko‘paytirish, mamlakatimizning jahon sayyohlik markazlaridan biri sifatidagi salohiyatini to‘liq ochishga haqiqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Tavsiya