Zangiota tumanida yoshlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi

06.02.2026

Joriy yilning 6-fevral kuni Biznes va turizmni rivojlantirish bo`limi tomonidan M-39 xalqaro avtomagistral yo‘nalishining Zangiota tumani hududida faoliyat olib borayotgan do`konlar, mehmonxonalar, hostellar, ovqatlanish shaxobchalari hamda qo`shimcha xizmat turlari bilan shug‘ullanayotgan yoshlar uchun turizmda marketing sohasi bo`yicha qisqa o`quv kurslari o`tkazildi.

Mazkur o`quv kurslari TSMRI hamda Zangiota tuman hokimligi hamkorligida tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga turizm xizmatlarini samarali targ`ib qilish, mijozlar oqimini oshirish, zamonaviy marketing vositalaridan foydalanish hamda raqobatbardosh xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Mazkur tashabbus hududda turizm xizmatlari sifatini oshirish, yoshlarning kasbiy ko`nikmalarini mustahkamlash hamda xalqaro avtomagistral bo`ylab ko`rsatilayotgan servis darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Recommended