Bo‘stonliq turizm va madaniy meros texnikumida respublika seminari o‘tkazildi.

05.03.2026

Joriy yilning 5 mart kuni Shveysariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish agentligi, Turizm qo‘mitasi, TSMRI hamda mahalliy hokimiyat vakillari hamkorligida “O‘zbekistonda kasbiy taʼlim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi (VET4UZ) tomonidan Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq turizm va madaniy meros texnikumida “Kelajak mutaxassislari: mehnat bozori ehtiyojlari va zamonaviy kasbiy taʼlim uyg‘unligi”mavzusida respublika seminari o‘tkazildi.

Mazkur respublika seminarida TSMRIning Biznes va turizmni rivojlantirish Innovatsion markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, turizm sohasida kadrlar tayyorlash, amaliy taʼlimni rivojlantirish hamda taʼlim va industriya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan taklif va tajribalarini taqdim etdilar.

Recommended