Joriy yilning 14-aprel kuni Toshkent viloyatida turizm va mehmondo‘stlik sohasida ta’lim sifatini oshirish hamda yoshlarni jalb etish maqsadida Biznes va turizmni rivojlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir TSMRI hamda Angren shahridagi 4-son texnikum o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida o‘tkazildi.
“Turizm va mehmondo‘stlik” mavzusidagi seminar-treningda Angren va Ohangaron hududlaridan 300 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Ishtirokchilarga xizmat ko‘rsatish sifati, zamonaviy marketing vositalari va turizmni rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilimlar berildi. Seminar interaktiv tarzda o‘tkazilib, savol-javoblarga keng o‘rin berildi.
Mazkur tadbir yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish va sohani rivojlantirishga xizmat qiladi.