Joriy yilning 12-mart kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida TSMRI va shahar hokimligi bilan birgalikda turizm sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek yoshlar o‘rtasida turizm sohasiga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshirish maqsadida, 4-son texnikumida “Turizmda marketing” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-trening davomida ishtirokchilarga turizm sohasida marketingning ahamiyati, turistik xizmatlarni samarali targ‘ib qilish usullari, zamonaviy marketing instrumentlaridan foydalanish, shuningdek turistlar oqimini oshirishga qaratilgan amaliy yondashuvlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Tadbir interaktiv tarzda tashkil etilib, talabalar va o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar. Shuningdek, turizm sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, xizmat ko‘rsatish madaniyati va raqobatbardosh turistik mahsulot yaratish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur seminar-trening turizm sohasida faoliyat yurituvchi bo‘lajak mutaxassislarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, taʼlim va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda hududda turizm sohasini yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.