“To‘rt faslning har birida sayohat”

25.03.2026

Joriy yilning 25 mart kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Zangiota” ziyoratgohida “To‘rt faslning har birida sayohat” turizm mavsumining ochilishi doirasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu yarmarkada TSMRIning Biznes va turizmni rivojlantirish Innovatsion markazi hamda Turizmni rivojlantirish bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Ular institutni yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish, taʼlim imkoniyatlari, zamonaviy o‘quv dasturlari va turizm sohasidagi innovatsion yondashuvlar haqida maʼlumot berish maqsadida o‘zlariga ajratilgan pavilyonda taqdimotlar o‘tkazdilar.

Mazkur tadbir mamlakatimizda ichki turizmni yanada rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sayohat madaniyatini shakllantirish, yurtimizning boy tarixiy, madaniy va tabiiy salohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Tadbir davomida institut vakillari tomonidan ishtirokchilarga axborot bukletlari va targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Recommended