“Angren shahar tarixi muzeyi”ga tashrif

03.03.2026

Joriy yilning 3-mart kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining (TSMRI) Biznes va turizmni rivojlantirish innovatsion markazi xodimlari yillik chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan “Angren shahar tarixi muzeyi”ga tashrif buyurdilar. Muzeyda Toshkent viloyatining yutuqlari va sohadagi ilmiy ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Muzey ilmiy xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqot natijasiga ko‘ra, 2026-yilda yangi chop etiladigan maqolalar hamda hududning betakror boy madaniy merosi hisoblangan “Gumbaz bobo” maqbarasi va tarixiy joylarni targ‘ib etuvchi maqolalar chop etishga kelishib oldilar.

Shuningdek, viloyatning Angren shahrida joylashgan madaniy meros obyekti hisoblangan “Gumbaz bobo” maqbarasida bo‘ldilar. Maqbara va tarix muzeyini o‘rganib, obyektlarga mahalliy turistlarni va TSMRI talabalarini jalb qilish bo‘yicha yangi tur marshrutlar ishlab chiqib, bu maskanlarga tashrif buyuruvchilar sonini o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshirish bo‘yicha hokimlik vakillari bilan kelishib olindi.

Recommended