“Toshkent – Ashxobod birodar shaharlar: yoshlarni birlashtiruvchi maskan va ekodiplomatiya sari qadam”

26.03.2026

Joriy yilning 26 mart kuni Toshkent shahridagi Ashxobod sayilgohida Yashil shaharlar tashabbusi doirasida “Toshkent – Ashxobod birodar shaharlar: yoshlarni birlashtiruvchi maskan va ekodiplomatiya sari qadam” mavzusida eko tadbir tashkil etildi. Tadbir Birodar shaharlar alyansi tashabbusi bilan O‘zbekiston ekologik harakati va Yosh volontyorlar akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur eko tadbirda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti xodimlari ham faol ishtirok etib, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.

Tadbir doirasida ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etilib, ishtirokchilar tomonidan hududni yana-da ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan amaliy ishlar bajarildi. Shu bilan birga, ekologik madaniyatni oshirish va ekodiplomatiyani rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek, mazkur tashabbus doirasida ishtirokchi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yana-da mustahkamlanib, kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Recommended