TSMRIda “Milliy mehmondo‘stlik dasturi” doirasida seminar-trening o‘tkazildi

02.03.2026

Joriy yilning 2-mart kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida “Milliy mehmondo‘stlik dasturi” doirasida mahalla yettiligi a’zolari uchun “Mehmondo‘stlik va servisni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi mahallalarda xizmat ko‘rsatish madaniyatini tizimli ravishda rivojlantirish, mehmondo‘stlik sohasidagi professional bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirish hamda hududiy turizm infratuzilmasini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Seminar davomida ishtirokchilarga mehmonlarni kutib olish va kuzatish bo‘yicha servis standartlari, samarali muloqot tamoyillari hamda hududlarning turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Toshkent shahri filiali, Toshkent shahar Turizm boshqarmasi hamda tuman hokimliklari mas’ullari ishtirok etdi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Recommended