O‘tgan haftada ona tilimizga bag‘ishlab, ko‘plab tadbirlar uyushtirildi. Davlat tili maqomiga erishganiga 34 yil to‘lganini barchamiz birdek nishonladik.
Endigi vazifamiz qanday? Bugungi globallashuv jarayonida ona tilimizni rivojlantirish, kerak bo‘lsa, uni xorijiy sayyohlar o‘rganadigan holatga keltira olamizmi? Buning uchun tilshunoslarimiz tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining bugungi sonida chop etilgan ushbu maqola orqali yuqoridagi savollarga javob berishga harakat qilinadi, shuningdek asli kelib chiqishi olmonlar avlodining AQSHda o‘zbek tilidan dars o‘tgani ajoyib hayotiy misol bilan keltirilgan.