Oqqo‘rg‘on tarixi va O‘lkashunoslik muzeyiga tashrif

24.02.2026

2026-yil 23-fevral kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining (TSMRI) Biznes va turizmni rivojlantirish innovatsion markazi xodimlari yillik chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi bilan hamkorlikda Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan Oqqo‘rg‘on tarixi va O‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurdilar. Muzeyda Toshkent viloyatining yutuqlari va sohadagi ilmiy ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Muzey ilmiy xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqot natijasiga ko‘ra, 2026-yilda yangi chop etiladigan maqolalar va hududning betakror boy madaniy merosi hisoblangan Shohruxiya va Qanqa arxeologiya yodgorliklarini targ‘ib etuvchi maqolalar chiqarib chop etishga kelishib oldilar.

Shuningdek, viloyatning Yangiyo‘l shahrida joylashgan 1974-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Usmon Yusupov adabiy memorial uy-muzeyida (muzey madaniy meros obyekti) bo‘ldilar. Muzey faoliyati va bugungi kundagi mavjud eksponatlari bilan yaqindan tanishib, obyektlarga mahalliy turistlarni va TSMRI talabalarini jalb qilish bo‘yicha yangi tur marshrutlar ishlab chiqib, bu maskanlarga 2026-yilda tashrif buyuruvchilar sonini o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshirish bo‘yicha hokimlik vakillari bilan kelishib olindi.

Recommended