TSMRIda “Sog’lomlashtirish turizmi va kasalliklarni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

11.11.2025

“XXI asrda tibbiyot turizmi: barqaror modellar va so‘nggi amaliyotlar” III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida bugun Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida “Sog’lomlashtirish turizmi va kasalliklarni oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tibbiyot hamda turizm sohasi mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida sog‘lomlashtirish turizmining jahon amaliyotlari, O‘zbekistonning tabiiy salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, profilaktik sog‘lomlashtirish dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar sertifikatlar hamda estalik sovg`alar bilan taqdirlanishdi.

Recommended