Joriy yilning 10-noyabr sanasida MGIMO Toshkent filialida “XXI asrda tibbiyot turizmi: barqaror modelllar va so‘nggi amaliyotlar” nomli III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasalari, tibbiyot va turizm sohasi vakillari hamda ilmiy tadqiqot markazlari mutaxassislari ishtirok etishdi. Shu qatorda tadbirda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining Biznes va turizmni rivojlantirish bo‘limi vakillari ham faol ishtirok etishdi.
Konferensiya doirasida tibbiy turizmning xalqaro tajribalari, sog‘lomlashtirish yo‘nalishlari, sanatoriy va kurort xizmatlari, shuningdek, an’anaviy Sharq tibbiyotining hozirgi dolzarbligi haqida so`zga chiqildi.