TSMRI xodimlari Shoabdumalik ota ziyoratgohiga tashrif buyurishdi

13.11.2025

Joriy yilning 12-noyabr sanasida Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining Biznes va turizmni rivojlantirish bo‘limi xodimlari Ohangaron tumanida joylashgan Shoabdumalik ota ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.

Mazkur tashrifning maqsadi ziyoratgohning tarixiy va ma’naviy ahamiyati bilan tanishish, shuningdek, mamlakatimizdagi ziyorat turizmi salohiyatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Tashrif davomida xodimlar ziyoratgoh majmuasining infratuzilmasi, mehmonlarga yaratilgan sharoitlar va ziyorat yo‘nalishlarining tashkil etilishi bilan tanishdilar.

Ushbu tashrif TSMRI tomonidan turizm sohasida amaliy tajriba orttirish, milliy madaniy merosni qadrlash va ichki turizmni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarning yana bir muhim qadami bo‘ldi.

Recommended