TSMRI va Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamkorligida turizm va mehmondo‘stlik sohasi bo‘yicha malaka oshirish darslari tashkil etildi

03.11.2025

Joriy yilning 31-oktabr kuni, TSMRI jamoasi hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida “Front office skills” mavzusida malaka oshirish darslari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirning maqsadi — turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish, shuningdek, soha mutaxassislarining malakasini oshirishdan iborat bo‘ldi.

TSMRI va Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘rtasidagi bunday hamkorlik tadbirlari kelgusida ham davom ettirilib, soha mutaxassislarini tayyorlashda innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishga xizmat qiladi.

Recommended