3-noyabr kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabalari Biznes va turizmni rivojlantirish bo`limi tashabbusi bilan O‘zbekistonning yetakchi turoperatorlaridan biri — Selfie Travel Uzbekistan bosh ofisiga o‘quv-amaliy tashrifni amalga oshirdilar.
Tashrif davomida talabalar kompaniyaning bosh ofisi faoliyati, tashkiliy tuzilmasi hamda sayohatlarni boshqarishdagi innovatsion yondashuvlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Selfie Travel vakillari turizm sohasi, marketing strategiyalari va mijozlar bilan ishlash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tashrif davomida talabalar zamonaviy turoperatorlardan biri — InApp Travel ofisiga ham tashrif buyurib, u yerda raqamli vositalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini amalda kuzatishdi. Mazkur tashrif talabalarga nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan bog‘lash va O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan turizm sohasi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.