Toshkent viloyati Turizm boshqarmasida “Turizmda marketing” mavzusida amaliy o‘quv-trening tashkil etildi.

01.12.2025

Joriy yilning 1-dekabr sanasida Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti (TSMRI) ning Biznes va turizmni rivojlantirish innovatsion markazi hamda turizm yo'nalishi o'qituvchisi Ma'murjon Rahimov boshchiligida Toshkent viloyati Turizm boshqarmasida “Turizmda marketing” mavzusida amaliy o‘quv-trening tashkil etildi.

Treningning asosiy maqsadi Toshkent viloyatida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlarni zamonaviy yondashuvi va sohada marketingni keng o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir turizm sohasi vakillarini kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ularni turizm sohasiga yanada qiziqtirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi. 2025 noyabr oyi davomida Toshkent viloyatining Bo'stonliq, Parkent, Ohangaron, Zangiota tumanlari va Angren shahridagi jami 1100 dan oshiq bo'lgan yoshlarni turizm sohasida kasbiy mahoratlari oshirildi.

Recommended