O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2025-yil 30-sentabrdagi 02-PA 1-1-3185-sonli topshirig‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘stonliq tumanidagi “Heaven’s Garden” mehmonxonasida Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti mutaxassislari tomonidan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Treningning maqsadi talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, mehmonxona xizmati standartlari, tozalikni boshqarish va mehmonlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishdan iborat edi. TSMRI vakillari zamonaviy mehmondo‘stlik amaliyotida qo‘llaniladigan asosiy usullarni namoyish etib, sifat, tafsilotlarga e’tibor va jamoaviy ishlash muhimligini ta’kidladilar.