Joriy yilning 21-noyabr sanasida Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti (TSMRI) ning Biznes va turizmni rivojlantirish bo‘limi xodimlari Parkent tuman politexnikumi talabalari hamda tuman tadbirkolari uchun “Turizm va mehmondo‘stlik” mavzusida amaliy o‘quv-trening tashkil etdi.
Treningning asosiy maqsadi talabalar va o‘quvchilarni turizm sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, muloqot madaniyati va mehmondo‘stlik standartlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulot davomida TSMRI mutaxassislari amaliy vaziyatlar, xizmat ko‘rsatish jarayonlari va jamoaviy ishlash bo‘yicha real misollarni namoyish etishdi.
Tadbir yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ularni turizm sohasiga yanada qiziqtirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.