Biznes va turizmni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari tomonidan Bo`zsuv aholi punktida joylashgan Zangiota tuman texnikumida “Housekeeping” bo‘yicha trening o‘tkazildi

25.11.2025

Joriy yilning 25-noyabr sanasida Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti (TSMRI) ning Biznes va turizmni rivojlantirish bo‘limi xodimlari Zangiota tuman texnikumi talabalari hamda o`qituvchilari uchun “Housekeeping” mavzusida amaliy o‘quv-trening tashkil etdi.

Treningning asosiy maqsadi talabalar va o‘quvchilarni turizm sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, muloqot madaniyati va mehmondo‘stlik standartlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulot davomida TSMRI mutaxassislari amaliy vaziyatlar, xizmat ko‘rsatish jarayonlari va jamoaviy ishlash bo‘yicha real misollarni namoyish etishdi.

Tadbir yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ularni turizm sohasiga yanada qiziqtirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Recommended