Joriy yilning 12-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2025-yil 30-sentabrdagi 02-PA 1-1-3185-sonli topshirig‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida Angren shahrida Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining Biznes va turizmni rivojlantirish bo’limi xodimlari tomonidan turizm va mehmondo’stlik mavzusida o’quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Angren shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, mehmonxonalar xodimlari, oliy o’quv yurti talabalari, texnikum o’quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida turizm va servis sohasida xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish, mehmonlar bilan samarali muloqot o‘rnatish, xorijiy tajriba asosida xizmat sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan chiqish qilib, tajribali trenerlar tomonidan atroflicha javob oldilar.
Seminarning asosiy maqsadi — turizm va mehmondo‘stlik sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdir.